11:20 / 23.05.2020
7230

FVV Sirdaryoda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida qo‘shimcha ma'lumot berdi

Hozirgi kunda Sirdaryo viloyatining toshqindan zarar ko‘rgan hududlaridagi 5 426 gektar yer maydoniga chigit ekildi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, zararlangan g‘alla maydonlarining 2331 gektari saqlab qolinib, qolgan 3653 gektaridan 95 gektarining meliorativ holatini qayta tiklash, 3558 gektariga mosh ekish bo‘yicha hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.

Bugungi kunda suv toshqini yuzaga kelgan maydonlarning 15 452 gektari, jumladan, 8941 gektar paxta, 6511 gektar g‘alla ekin maydonlaridan toshqin suvlari chiqarildi.

Hozirgi kunga qadar jami 5 549 nafar pensionerning 3,9 mlrd. so‘mlik pensiya pullari Xalq banki filiallari tomonidan naqd pul shaklida yetkazib berildi. 294 yo‘qolgan plastik kartalar qayta tiklanib, o‘z egalariga taqdim etildi.

Olib borilayotgan tadbirlar davomida topilgan 5 160 uy hayvoni o‘z egalariga qaytarildi.

Har bir tumanning 3 tadan, jami 9 ta mahallasida 558 pudratchi tomonidan aholi xonadonlarini ta'mirlash ishlari davom ettirilmoqda. Ta'mirlash ishlariga 14 289 nafar ishchi, 820 ta texnika jalb qilindi.

Shuningdek, pudratchi korxonalar tomonidan uylarni chiqindilardan tozalash, pollar, devorlar, eshik va derazalarni demontaj qilish ishlari ham faollik bilan olib borilmoqda. 

Jamoatchilik asosida haq to‘lanadigan ishlarga jami 2 214 nafar ishsiz aholi jalb etilib, shundan 1 864 nafari qurilish hududlarini obodonlashtirish, 304 nafari esa chiqindilarni saralash va nihoyat, 46 nafari boshqa qurilish ishlariga safarbar qilingan.

Bugungi kunda mol-mulklariga zarar yetgan 41 tadbirkorlik sub'yektining to‘liq ro‘yxati shakllantirilgan. Zarar ko‘rgan tadbirkorlik obektlari mol- mulklarining sug‘urtalanganligiga aniqlik kiritish uchun ularning ro‘yxati Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta agentligiga taqdim etildi.

14 tadbirkorlik obektiga tegishli noturar joy binolari 4 083,7 mln. so‘mga sug‘urta qilingan. Bugungi kunga qadar 2 ta tadbirkorlik obektiga mol-mulki bo‘yicha 866,4 mln. so‘m miqdorda to‘lov amalga oshirilgan.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top