14:02 / 23.05.2020
3647
Mudofaa vazirligi sport klubi qayta tashkil etildi va yangi vazifalar belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 19.05.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 292-son qarori qabul qilindi.

Norma’ning yozishicha, armiya sportidagi ko‘plab ijobiy natijalarga qaramay, quyidagi kamchiliklar:

armiya sportining aniq yo‘lga qo‘yilgan boshqaruv tizimi mavjud emasligi, Mudofaa vazirligining ayrim harbiy qism va muassasalarida sport infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmaganligi;

davlat-xususiy sheriklik shartlarida nodavlat sektor bilan hamkorlik mexanizmlari joriy etilmaganligi;

jismoniy tarbiya vositalari orqali harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolarining, ayniqsa yoshlarning sog‘lom turmush tarziga chuqur e'tibor qaratilmayotganligi ta'kidlab o‘tildi.
 
Hujjatga muvofiq Mudofaa vazirligi Sport klubi Vazirlik Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etiladi. Markaz Vazirlik markaziy apparatining mustaqil boshqarmasiga tenglashtirilgan muassasa hisoblanadi.
 
Markazning asosiy vazifalaridan biri ommaviylashtirilayotgan sport turlarini rivojlantirish, mamlakat va Mudofaa vazirligi qo‘shinlari sport terma jamoalari uchun yuqori toifali sportchilarni tayyorlashdan iborat.
 
Qaror bilan Mudofaa vazirligi armiya sportini tashkil etish to‘g‘risida nizom, shuningdek uni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Nizomga muvofiq armiya sportiga Olimpiya, ommaviy, milliy, harbiy-amaliy hamda texnik va amaliy sport turlari kiradi. Shuningdek hujjat bilan vazirlik va idoralarning armiya sportini rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalari belgilandi.
 
Hujjat 20.05.2020 yildan kuchga kirdi.

Top