14:29 / 23.05.2020
13662
Navoiyda ohak ishlab chiqarish shoxobchasida sodir etilgan jinoyat fosh etildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 2 may kunidan 3 may kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Navoiy viloyati Karmana tumani, “Yangiariq” mahallasi hududida joylashgan, 41 yoshli O.Sh.ga tegishli bo‘lgan ohak va gips ishlab chiqarish shoxobchasiga devordan oshish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxs u yerdan jami 17.500.000 so‘mlik turli xil uskunalar va qurilish mollarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 64 yoshli M.A. sodir etganligi aniqlanib, talon-toroj qilingan boyliklarning bir qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Top