05:00 / 23.05.2020
37698
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3100ga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 42 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2020 yil 23 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3078 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi chet eldan kelgan fuqarolarda aniqlangan. Jumladan, 38 nafar Sankt-Peterburgdan charter reys bilan, 2 nafar Tojikistondan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolarda hamda 2 nafar Qozog‘iston orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida infeksiya qayd etildi», deyiladi vazirlik xabarida.

22 may kuni 69ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 85 kishi tuzaldi.

Shu vaqtgacha 2492 kishi koronavirusdan butunlay sog‘aygan. Hozirda shifoxonalarda 573 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top