20:47 / 23.05.2020
36854
Tojikistonga o‘tgan to‘rt oyda berilgan gumanitar yordam miqdori ma'lum qilindi. Eng ko‘p yordam O‘zbekistondan

Tojikistonga yanvar-aprel oylarida 4 ming tonna yordam yuki, jumladan, tibbiyot vositalari, dori-darmonlar va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.

Joriy yilning dastlabki to‘rt oyida Tojikistonga jahonning 43 mamlakatidan gumanitar yordam kelgan. Bu haqda Tojikiston prezidenti huzuridagi statistika agentligiga tayanib Anadolu agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatga berilgan gumanitar yordamning umumiy miqdori 7 mln 787 ming dollarni tashkil etgan.

Tojikistonga yanvar-aprel oylarida 4 ming tonna yordam yuki, jumladan, tibbiyot vositalari, dori-darmonlar va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb uch baravarga kamdir.

Mamlakatga eng ko‘p yordam ko‘rsatgan davlatlar O‘zbekiston - 2,5 million dollar, Xitoy - 2 million dollar va Rossiya - 865 ming dollar bo‘lgan.

O‘tgan yili Tojikistonga jahonning 55 mamlakatidan umumiy qiymati 54,7 mln dollarlik 18,3 ming tonna gumanitar yordam berilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top