00:58 / 24.05.2020
15086
Misrda kunlik o‘lim ko‘rsatkichi rekord darajaga yetdi
Foto: Getty Images

Misrda ortda qolgan bir kun davomida 28 kishi koronavirus sabab vafot etdi. Bu pandemiya davridan buyon qayd etilgan eng yuqori kunlik o‘lim ko‘rsatkichi bo‘ldi. Worldometers ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatda o‘limlar soni 735taga yetdi.

Misrda oxirgi bir kunda 727ta yangi holat qayd etilib koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 16,5 ming nafardan oshib ketdi. Bu Afrika bo‘yicha ikkinchi ko‘rsatkich. Qit'ada eng ko‘p kasallik JARda qayd etilgan (21 343). O‘lim ko‘rsatkichi esa aynan Misrda eng yuqori.

Yakshanba kuni Misr ko‘plab musulmon mamlakatlari kabi Ramazon hayiti bayramini nishonlaydi. Qolgan davlatlarda bo‘lgani kabi Misrda ham bayram arafasida karantin cheklovlari kuchaytirilgan. 24 maydan virus tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatda jamoat transporti harakati butunlay cheklanadi, savdo markazlari, plyajlar, restoran va xiyobonlar to‘liq yopiladi.

Shu vaqtgacha joriy qilingan 21:00dan boshlanadigan komendantlik soati endilikda 17:00dan 06:00gacha davom etadi. Jamoat joylarida niqobda yurish majburiy qilib qo‘yilgan. Keskin cheklovlar iyun oyining o‘rtasigacha davom etishi kutilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top