22:57 / 24.05.2020
3406

Vashingtondagi G7 sammiti boshqa sanaga ko‘chirildi

AQSh Vashingtonda 10 iyunda o‘tishi rejalashtirilgan “Katta yettilik” sammitini koronavirus pandemiyasi sababli iyun oxiriga ko‘chirdi. 

Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayyen CBS telekanali efirida ma'lum qildi. G7 davlatlari yetakchilarining yuzma-yuz sammiti o‘tkaziladigan aniq sana keyinroq ma'lum qilinadi. 

“G7 sammiti yuzma-yuz formatda o‘tgudek bo‘lsa, u iyun oxirida bo‘lib o‘tadi. Fikrimcha, biz Vashingtonda koronavirus epidemiyasining eng yuqori cho‘qqisiga yaqinmiz, agar hozirda unda bo‘lmasak”, deb aytgan O'Brayyen.

Uning ta'kidlashicha, “Katta yettilik”ning barcha yetakchilari sammitning videoanjuman o‘rniga yuzma-yuz shaklda o‘tkazilishiga qiziqish bildirmoqda.

“Biz yetakchilar bu yerga kela olishlari uchun hamma koronavirusga test topshirgani, vaziyat xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilishimiz lozim”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp maslahatchisi.  

Avvalroq Donald Tramp G7 sammiti koronavirus pandemiyasi tufayli xalqaro harakatlanish to‘xtatilgani va karantin kiritilgani sababli G7 sammiti videoaloqa formatida o‘tishini ma'lum qilgandi. Biroq joriy haftada Tramp o‘z fikrini o‘zgartirib, Vashingtonda sammitni o‘tkazmoqchiligini ma'lum qilgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top