20:05 / 25.05.2020
6767

Eronning Venesuela uchun yonilg‘i ortilgan ilk tankeri 72 kundan keyin manzilga yetib keldi

Eronning Venesuela uchun yonilg‘i ortilgan birinchi neft tankeri AQSh taqiqlovlariga qaramay, Lotin Amerikasi davlatiga yetib keldi. Yaqin orada Venesuelaga Eronning yana 4 ta tankeri keladi.

Fortune deb nomlangan tanker Venesuela uchun yonilg‘i yetkazib bergan. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar berdi

Kema Erondagi Shahid-Rajaiy portidan 72 kun avval yo‘lga chiqqan. 

Tehron Karakasga 1,5 mln barrel neft va benzin taqdim qilmoqda. 

Dunyoda eng katta miqdorda neft zaxiralariga ega bo‘lgan Venesuela ayni vaqtda benzinga katta ehtiyoj sezmoqda, chunki uning neftni qayta ishlovchi tarmog‘i joriy yilda umumiy ishlab chiqarish quvvatining bor-yo‘g‘i 10 foizigagina ishlamoqda. AQSh sanksiyalari ostida bo‘lgan Venesuela xomashyo importigagina tayanishga majbur bo‘lmoqda. 

Ta'kidlanishicha, AQSh hukumati Venesuelaga yonilg‘i yetkazib berilishi yuzasidan Eronga qarshi sanksiyalar kiritish va boshqa cheklovlar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Mavzuga oid
Top