13:57 / 25.05.2020
5519

Fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini taqdim etish ishlari ikki kunga to‘xtatildi

Davlat personallashtirish markazining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida profilaktika ishlari olib boriladi.

Fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirish yuzasidan talabnoma shakllantirish hamda tayyor xorijga chiqish biometrik pasportlarini egalariga taqdim etish ishlari 25-26 may kunlari vaqtinchalik to‘xtatiladi. 

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan yuz beradi.

Poytaxt IIBB vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘ragan.

Mavzuga oid
Top