13:38 / 25.05.2020
1890
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Saudiya Arabistoni Milliy kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi bilan muzokaralar o‘tkazdi

Videokonferensiyada O‘zbekistondagi tabiiy resurslar hajmi va mamlakatning bu sohalarni rivojlantirish istagi, suvdan tejamkorlik bilan foydalanishga e'tibori va raqamli iqtisodga o‘tish rejalari muhokama qilinib, mazkur sohalarda Saudiya Arabistoni shirkatlari imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 

Saudiya Arabistonining Milliy kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi (Podshohlik rivojlanish strategiyasi bo‘lgan “Nigoh-2030” dasturlaridan biri) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan videokonferensiya shaklidagi muzokaralar o‘tkazdi. Unda Ikki muqaddas masjid xodimining O‘zbekistondagi elchisi Hishom as-Suvaylim,  podshohlikdagi O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov va ikkala tomon rasmiy vakillari qatnashdi.  

Videokonferensiyada O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlar, bir qator sohalarda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan qonunlar qabul qilingani ko‘rib chiqildi.  

Milliy kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash dasturining ikki mamlakat o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni asosida hamkorlik kelajaklari va O‘zbekistondagi istiqbolli investitsiya imkoniyatlari, katta strategik loyihalarda xorijiy investorlarga beriladigan yengilliklar, jumladan, infrastrukturani rivojlantirish va boshqa xizmatlar investorlar zimmasidan olib tashlangani, investorlarni soliqdan ozod qilish muddati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, videokonferensiyada O‘zbekistondagi tabiiy resurslar (gaz, minerallar, oltin) hajmi va mamlakatning bu sohalarni rivojlantirish istagi, suvdan tejamkorlik bilan foydalanishga e'tibori va raqamli iqtisodga o‘tish rejalari muhokama qilinib, mazkur sohalarda Saudiya Arabistoni shirkatlari imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 

O‘zbek tomoni mamlakatdagi yirik loyihalarni amalga oshirishda Saudiya Arabistonidagi yetakchi shirkatlar o‘zlarining tajribalari va yuqori imkoniyatlarini ishga solishlari ko‘rsatib o‘tildi. 

Videokonferensiya yakunida Saudiya Arabistonidagi yetakchi shirkatlarga qulay investitsiya sharoitlari yaratish orqali ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni ikkala davlat rahbarlari intilishlariga mos keladigan konstruktiv hamkorlik tarzida rivojlantirishga kelishib olindi.   

Top