23:59 / 25.05.2020
220781
Koronavirus: Bugun to‘rt hududda yangi holatlar qayd etildi

25 may kuni O‘zbekistonda jami 51ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 42 bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha 2607 kishi sog‘aygan, ayni vaqtda shifoxonalarda 595 bemor davolanmoqda.

Bugun yangi holatlar to‘rtta hududda - Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda qayd etildi.

Xususan, Toshkent shahrida 33, Toshkent viloyatida 7, Qoraqalpog‘istonda 6, Samarqandda 5 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.

Bugungi 51 holatning 36tasi xorijdan kelganlar bilan bog‘liq, 15 holat karantin muassasalarida va aholi orasida qayd etilgan.

Toshkent shahridagi 33 holatning 32tasi oldindan karantinda bo‘lganlar orasida qayd etilgan, aholi orasida bitta holat aniqlangan.

Toshkent viloyatidagi 7 holatning 6tasi xorijdan kelgan yuk mashinasi haydovchilari bilan bog‘liq, yana bir chegara bojxona xizmati xodimida virus aniqlangan.

Qoraqalpog‘istondagi 6 holatning 5tasi xorijdan kelgan yuk mashinasi haydovchilari bilan bog‘liq (ularning ikki nafari ukrainalik), shuningdek, chegara bojxona posti xodimlaridan 1 nafariga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.

Samarqanddagi 5 holatning 4tasida kasallikka chalinganlar bilan muloqot qilganlarda virus aniqlangan, yana bir holatda virus yuqishi manbasi hozircha ma'lum emas.

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar, Samarqand viloyatida 17 nafar, Toshkent shahrida 21 nafar bemor sog‘aydi.
 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top