08:44 / 25.05.2020
73649
Koronavirusda qabul qilish xavfli bo‘lgan dorilar ma'lum qilindi   

Virusolog koronavirusga chalinganlar uchun qabul qilish xavfli bo‘lgan dori vositalarini sanab o‘tdi. Bu dorilarni deyarli har bir uydagi dori qutisida topish mumkin.

Foto: iStock

Mutaxassis bunday yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalar guruhiga ibuprofen, aspirin, voltaren, diklofenak va naproksenni kiritgan.

“Bu dorilar inson organizmini virusga yanada ta'sirchanroq qiladi, infeksiyaning o‘pkaga oson kirishi uchun sharoitlar yaratadi. Bundan italiyalik va fransiyalik tadqiqotchilar tajribasi darak bermoqda”, deb aytgan virusolog Nadejda Jolobak.

Shifokor, shuningdek, paratsetamolni qabul qilishdan ogohlantirgan, chunki uning koronavirusga ta'siri oxirigacha o‘rganilmagan. Mutaxassis tana harorati yuqori bo‘lganda o‘zini davolash bilan shug‘ullanmay, shifoxonaga murojaat qilishni tavsiya qilgan. Ko‘rilgan choralar samaradorligi dorilarning to‘g‘ri tayinlanganiga bevosita bog‘liq. Bunda esa faqatgina shifokor yordam berishi mumkin. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top