22:22 / 25.05.2020
7385

Netanyaxu Isroil iyulda G‘arbiy sohilning qismlarini anneksiya qilishni boshlashini aytdi

BMT Xavfsizlik kengashi 2016 yil dekabrda Isroilning bosib olingan hududlarda aholi joylashtirish faoliyatini to‘xtatish talab qilingan rezolyutsiyani qabul qilgandi. Isroil o‘shandayoq bu talabni  bajarishdan bosh tortgandi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yahudiy davlati koalitsion kelishuvga muvofiq iyuldan Iordan daryosining G‘arbiy sohili qismlarini anneksiya qilishni boshlashini tasdiqladi. 

"G‘arbiy sohil qismiga suverenitetni joriy etish bo‘yicha kelishilgan muddat mavjud – bu iyul va biz bu muddatni o‘zgartirmaymiz", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap AQSh prezidenti Donald Trampning tinchlik rejasi taqdim etayotgan "tarixiy imkoniyat" haqida bormoqda va bu imkoniyatni "qo‘ldan chiqarib bo‘lmaydi".

17 may kuni Netanyaxu Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi yahudiy yashash maskanlari va Iordan vodiysini anneksiya qilish vaqti kelganligini aytgandi.

19 may kuni Falastin prezidenti Mahmud Abbos Netanyaxuning bayonotiga javoban Isroil va AQSh bilan tuzilgan barcha kelishuvlar bekor qilinganligini e'lon qildi. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil bosib olingan Falastin hududlarini anneksiya qilishga urinishlari uchun javob berishi kerak. 

BMT Xavfsizlik kengashi 2016 yil dekabrda Isroilning bosib olingan hududlarda aholi joylashtirish faoliyatini to‘xtatish talab qilingan rezolyutsiyani qabul qilgandi. Isroil o‘shandayoq bu talabni  bajarishdan bosh tortgandi.

Top