15:26 / 25.05.2020
10114
O‘zbekistonda koronavirusdan davolanib chiqqanlarda manfiy natija olinyapti - Nurmat Otabekov

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ba'zi hollarda sog‘ayganlar topshirgan testlarda ham musbat natijalar olinayotgani, bemor sog‘ayib chiqqanidan keyin virus tashuvchi bo‘lib qolishi ehtimoli bo‘yicha savolga javob berdi.

«Koronavirus kasalligiga chalingan odam sog‘ayganidan keyin virus tashuvchi bo‘lib qolishi mumkin yoki mumkin emasligi to‘g‘risida hozircha aniq bir fikr yo‘q. Lekin eng asosiysi bizda davolanayotgan bemorlar davolash muolajalarini olib bo‘lgandan keyin ularda laboratoriya tekshiruvida manfiy natija olinyapti.

Ba'zi bir odamlarda sog‘ayib chiqqandan keyin ham musbat natijali testlar bo‘lishi mumkin. Bu shunday jihatki, masalan, o‘lgan virusning ma'lum bir zarrachasi, bo‘lagi reagentlar bilan anglab olinsa, u ham musbat natija sifatida berishi mumkin. Ba'zan o‘lgan viruslarning qolgan qoldiqlari ham shubhali natija berish ehtimoli yo‘q emas.

Bu kabi ma'lumotlar hali umumlashtiriladi. Keyin bir to‘xtamga kelinadi», dedi Nurmat Otabekov.

Koronavirus kasalligi tasdiqlangan odamlar qancha muddat davolanishi, respublikada sog‘ayib shifoxonadan chiqib ketganlar o‘rtacha qancha vaqt davolanishi to‘g‘risidagi savolga ham javob berildi.

«Koronavirus kasalligi tasdiqlanib kasalxonaga yotqizilgan bemorning davolanish muddati avvalombor kasallik darajasiga, kechishiga va bemorning umumiy ahvoliga bog‘liq. Respublikamizda davolanib sog‘ayib shifoxonadan chiqib ketganlar o‘rtacha 25 kunni tashkil etadi. Davolanishdan so‘ng reabilitatsiya markazlariga o‘tkazildi», degan Otabekov.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top