13:05 / 25.05.2020
20997
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2600ga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston va Samarqandda jami 21 bemor koronavirusdan tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 2586 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar, Samarqand viloyatida 17 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Qoraqalpog‘istonda sog‘ayganlarning barchasi uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashinasi haydovchilari bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kelishgan.Tahlil natijalariga ko‘ra, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Hududlar bo‘yicha olinsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy hamda Samarqand viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 36 yoshda, yoshi kichigi esa 23 yoshda. 

Endilikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuzalganlar soni 122 nafarga yetdi, davolanayotganlar esa 9 nafarni tashkil etmoqda.

Samarqand viloyatida tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (6 nafari Oqdaryo tumanidan, Samarqand shahri va Samarqand tumanidan 4 nafardan, Ishtixon, Payariq va Toyloq tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ulardan 8 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 67 yoshda, yoshi kichigi esa 2020 yilda tug‘ilgan chaqaloq.

Endilikda viloyatda kasallikdan sog‘ayganlar soni 247 nafar, davolanayotganlar 90 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni vaqtda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2586 nafarga yetdi, respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda jami 581 bemor davolanmoqda, ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top