23:01 / 25.05.2020
36148
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3200dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 26 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2020 yil 25 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3215 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining 25tasi karantin markazida qayd etilgan. Ulardan 23 nafari Rossiyadan (Qozog‘iston orqali) O‘bekistonga kirib kelgan va karantinga olingan. Yana 2 kishi Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun karantinga olingandi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida Qozog‘istondan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Bugun jami 51ta yangi holat aniqlandi, 42 bemor sog‘aydi va shu vaqtgacha koronavirusdan tuzalganlar soni 2607 nafarga yetdi.

Hozirda respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda jami 595 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top