16:44 / 25.05.2020
26276
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3200ga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 9 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2020 yil 25 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3189 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida. 

Ma'lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 2tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 5tasi Toshkent viloyatida, 1tasi Toshkent shahrida qayd etilgan.

Yangi bemorlarning 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, 2 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib kasallikni yuqtirib olgan kishilardir. Karantin markazidagi fuqarolar orasida yana bir kishida virus aniqlangan.

Bugun hozircha jami 25ta yangi holat aniqlandi, 42 bemor sog‘aydi va shu vaqtgacha koronavirusdan tuzalganlar soni 2607 nafarga yetdi. 

Hozirda respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda jami 569 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 3 nafarining ahvoli og‘ir.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top