20:14 / 25.05.2020
34326
Prezident yig‘ilishida «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning nosohaviy aktivlari ko‘pligi masalasi ko‘rildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 may kuni transport sohasi masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining qayd etishicha, pandemiya davrida temir yo‘l orqali yuk tashishga talab keskin ko‘paygan. Xususan, xalqaro yuk tashuvlarida temir yo‘lning ulushi 75 foizdan 87 foizga oshdi. Bu xizmatlar sifatini yaxshilash va tannarxni tushirish orqali mijozlarni ko‘paytirish uchun yaxshi imkoniyat.

«Lekin «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tizimida asosiy vositalarning eskirgani, jamiyat tarkibida nosohaviy aktivlarning ko‘pligi asosiy faoliyatni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda.

Shu bois «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidagi nosohaviy korxonalarni optimallashtirish, tariflarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, vagon va lokomotiv parkini yangilash bo‘yicha topshiriqlar berildi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Top