08:44 / 25.05.2020
4638
Quyi Chirchiqda qariyb 6 kilogramm marixuana topildi

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida narkotik modda aniqlandi.

Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida shu yil 20 may kuni “Qoradori-2020” tezkor tadbiri o‘tkazilgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Uning davomida Toshkent shahar, Sergeli tumani, 6-dahada yashovchi A.A. Surum mahallasi hududida tuman IIB JQB xodimlari tomonidan to‘xtatilib tekshirilganida, qo‘lidagi polietilen paketdan 5 kg. 891 gr. giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan. 

Viloyat EKBning 21 maydagi xulosasiga asosan, ushbu modda “marixuana” narkotik moddasi ekanligi tasdiqlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda. 

Top