09:48 / 25.05.2020
5218

Statistika hisoboti shakllariga o‘zgartirishlar kiritildi

Davlat statistika qo‘mitasining qarori bilan 2020 yil uchun statistika hisobotining ikkita shakli yangi tahrirda tasdiqlandi. 

20-son «Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish to‘g‘risida hisobot» ilovasiga o‘zgartirishlar kiritildi. 109/4-son «Kichik sanoat zona, texnopark, maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi bo‘lgan tashkilotlar va klasterlar faoliyati to‘g‘risida hisobot» ilovasi ham yangi tahrirda bayon etildi.
 
Norma’ning yozishicha, ilovalar Davstatqo‘mning 4.11.2019 yilda 3193-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan «2020 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan.
 
O‘zgartirishlar «Davlat statistikasi to‘g‘risida», «Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi qonunlar, Vazirlar Mahkamasining 10.03.2020 yildagi «2020-2021 yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida»gi 136-son qaroriga muvofiq kiritildi.
 
Hujjat 15.05.2020 yildan kuchga kirgan.

Mavzuga oid
Top