15:30 / 25.05.2020
20777
Toshkent shahridagi Amiti Universitetida yangi 2020/2021 o‘quv yili uchun arizalarni qabul qilish davom etmoqda
Foto: Amiti Universiteti

Toshkent shahridagi Amiti Universiteti – bir necha yo‘nalishlarda bakalavr va magistratura dasturlarini taklif etadi.

Universitet Toshkent shahrida 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u “Amity Education Group“ dunyoga mashhur o‘quv guruhi tarkibiga kiradi. Shuningdek dunyoning yetakchi davlatlari: AQSh, Buyuk Britaniya, BAA, Niderlandiya, Singapur, Xitoy, Janubiy Afrika, Hindiston va boshqa mamlakatlarda kampuslarga ega bo‘lib, ularda 6000 dan ortiq professor-o‘qituvchilar va 175000 dan ortiq talabalar tahsil oladi.

 Amity Education Group – universitetlari xalqaro QS va THE reytinglariga ko‘ra, dunyodagi eng yaxshi universitetlarining 3% safiga kiradi. Shuningdek, AQSh hamda Buyuk Britaniyada mintaqaviy AKKReDITATsIYadan o‘tgan Osiyodagi yagona oliy o‘quv yurtidir.

Universitetda axborot texnologiyalari, kompyuter muhandisligi, iqtisodiyot, turizm menejmenti va biznes boshqaruvi sohasidagi xalqaro darajadagi mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitetning boshqa oliy ta'lim muassasalaridan afzalliklari sifatida dunyodagi yetakchi universitetlar bilan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik, zamonaviy infratuzilma, universitetning global bitiruvchilar tarmog‘iga kirish va ish bilan ta'minlashga ko‘maklashish kabilarni keltirish mumkin. Shu bilan bir qatorda 17 ta xalqaro kampusdan birida chet elda stipendiya asosida o‘qish va stipendiyalar hamda yuqori texnologiyali laboratoriyalarda tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyati mavjud.

Toshkent shahridagi Amiti Universitetida siz nafaqat nufuzli ma'lumotga ega bo‘lasiz, balki xalqaro ilmiy hamjamiyatning bir qismiga aylanasiz.

Eslatib o‘tamiz, yangi 2020/2021 yil uchun hujjatlar qabul qilish boshlangan va bugungi kunga qadar 2 000 dan ortiq arizalar topshirilgan.

Hujjatlarni topshirish jarayoni onlayn rejimida amalga oshiriladi, to‘liq ma'lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.: http://amity.uz/Application.aspx

Hozirgi qiyin vaziyatda “IELTS” imtihonini topshirish imkoniga ega bo‘lmagan abituriyentlar uchun IELTS indicator (online test) hujjatini topshirish imkoniyati beriladi va faqat Foundation uchun IELTS sertifikati taqdim etish MAJBURIY EMAS.

Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Telegram: t.me/amityuniversitytashkent
Facebook: fb.com/amityuniversityuz
Instagram: @amity_university_uz

Murojaat uchun telefonlar:

+998712079006
+998712079007

Reklama huquqi asosida

Top