21:29 / 25.05.2020
15036

Yangi Zelandiya bosh vaziri jonli efiri vaqtida zilzila yuz berdi (video)

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern jonli efirda intervyu berayotgan vaqtda zilzila yuz berdi. Ardern studiya silkinishni boshlaganiga qaramay, o‘zini osoyishta tutgan va hattoki hazillashgancha intervyuni davom ettirgan.

Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi. 

Zilzila vaqtida bosh vazir poytaxt Vellingtondagi parlament binosida bo‘lgan. 

“Bizda bu yerda kichik zilzila bo‘lmoqda. Anchagina silkitmoqda, agar orqamda nimadir silkinayotganini ko‘rayotgan bo‘lsangiz, Uley [Yangi Zelandiya parlamenti binosi nomi] undan ham kuchliroq silkinmoqda”, deb hazillashgan Ardern. 

Ta'kidlanishicha, Vellingtondan 80 km uzoqlida joylashgan Levin shahridan 30 km shimolda 5,9 magnitudali yer silkinishi yuz bergan. Jabrlanganlar va talafotlar haqida ma'lumot berilmagan. Zilzila 30 soniyadan ko‘proq davom etgan va Vellington aholisi orasida biroz sarosima ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan.

Yangi zelandiyaliklarning aksariyati tez-tez zilzilalar yuz berib turishiga ko‘nikib ketishgan. Tinch okeanida joylashgan mamlakat seysmik faol hududda joylashgan. Mamlakatda 2010 va 2011 yillarda yuz bergan ikkita kuchli zilzila Kraystcherch janubiy orolida talafotlarga olib kelgan. O‘shanda tabiiy ofat oqibatida 185 kishi halok bo‘lgan.

Top