13:31 / 26.05.2020
16374
EVEREST kompozit shiferlari – arzon, egiluvchan, chidamli

Bu mahsulot nisbatan yangi bo‘lsa-da, tez fursatda e'tibor jalb qila oldi va bozorga dadil kirib bordi. Chunki shisha tolali kompozit shifer qator afzalliklarga ega: arzon, egiluvchan, shovqindan himoyalaydi, chidamli va eng muhimi – bu mahsulotni qurilishning turli yo‘nalishlarda ishlatish mumkin.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ishlatiluvchi bu kompozit mahsulot yengilligi, ishlatishga qulayligi va korroziyalarga chidamliligidan tashqari inson salomatligi uchun nisbatan xavfsiz hamdir. Tarkibi shisha tolalar va turli polimerlardan iborat va po‘latga nisbatan to‘rt barobar yengilligi tufayli tomga ham ortiqcha yuk tushirmaydi.

Rivojlangan davlatlarda muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinayotgan bu mahsulot O‘zbekiston bozorida ham taqdim etilmoqda. Uning issiq va sovuqqa chidamlilik xususiyati hududimizda bemalol qo‘llash imkonini beradi.

Kompozit shiferni xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatish mumkin. Turli xildagi plastik to‘sinlar, yelim qoplamalar va kimyoviy elementlardan tayyorlangan detallar o‘rnini o‘z mustahkamligi hamda haroratga, bosimga chidamliligi bilan bosa oladi.

Masalan:

·       Qurilish va ishlab chiqarish maydonlari uchun yorug‘lik o‘tkazuvchi tom qismi;

·       Devorlar va to‘siqlar;

·       Yirik qurilishlarda vaqtincha va doimiy tomlar;

·       Derazalar uchun peshtoqlar;

·       Shaffof tomlar;

·       Turli-tuman ayvonlar;

·       Besedkalar;

·       Issiqxonalar.

EVEREST - kompozit shiferlar!

📋Mahsulot qulayliklari haqida :

🔶Sinmaydi (egiluvchan);

🔶+100° issiqlikka va – 60° sovuq haroratga chidaydi;

🔶Yorug‘likni 80%gacha o‘tkazadi va bu xususiyati issiqxonalar uchun juda muhim;

🔶 Turli hajmda ishlab chiqarilishi tufayli foydalanishga qulay;

🔶 Namiqmaydi, chirimaydi, korroziyaga chidamli;

🔶 25-30 yilgacha bemalol foydalanaverish mumkin;

🔶 Issiqlikni yaxshi saqlaydi;

🔶 Shovqindan samarali himoyalaydi;

🔶 Yong‘inga chidamli, yong‘in paytida zaharli moddalarni kam ajratadi;

🔶 Ustalar uchun kesib ishlatishga qulay, parchalanib ketmaydi, jarohat yetkazmaydi;

🔶 Turli ranglarda ishlab chiqariladi va rangi o‘chib ketmaydi;

🔶 Ekologik xavfsiz – quyosh nurlari ta'sirida zaharli moddalar ajratmaydi.

🤝 Buyurtma qabul qilamiz, butun respublika bo‘ylab savdo va yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yilgan, to‘lovning turli shakllari mavjud.

Batafsil ma'lumot uchun telefonlar:

+998951990400 (Bosh ofis)

+998983371199 (Mobile)

+998905281517 (Mobile)

Manzil:

📍 Toshkent “Sobir Rahimov” sanoat hududi.

Reklama huquqi asosida

Top