19:08 / 26.05.2020
2963
Latam Airlines aviakompaniyasi bankrot bo‘lgani to‘g‘risida ariza berdi

Latam va uning sho‘'ba korxonalari Chili, Braziliya, Kolumbiya va Peru hukumatlari bilan qo‘shimcha moliyalashtirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Foto: Shutterstock

Latam Airlines Group aviakompaniyalar guruhi va uning Chili, Peru, Kolumbiya, Ekvador hamda AQShdagi bo‘linmalari bankrotlik to‘g‘risida ariza berdi.

Kompaniya o‘zining ikki yirik aksiyadori - Kueto va Amarolar oilasi va Qatar Airways aviakompaniyalarining 900 mln dollar miqdoridagi yordamini olganini bildirdi. Kompaniya hozirda 1,3 mlrd dollarga yaqin mablag‘ga ega.

"COVID-19 pandemiyasi boshlangan vaqtda Latam sog‘lom va daromadli aviakompaniya edi, ammo yuzaga kelgan holatlar jahondagi talabning inqirozga uchrashiga sabab bo‘ldi hamda nafaqat aviatsiyani to‘xtatib qo‘ydi, balki sohaning yaqin kelajakdagi holatini ham o‘zgartirib yubordi", - dedi aviakompaniya ijrochi direktori Roberto Alvo.

Latam va uning sho‘'ba korxonalari Chili, Braziliya, Kolumbiya va Peru hukumatlari bilan qo‘shimcha moliyalashtirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Koronavirus pandemiyasi sababli xalqaro aviaqatnovlarning cheklanishi jahondagi ko‘plab aviakompaniyalarni parvozlarni to‘xtatishga majbur qildi.

Avvalroq Germaniya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli og‘ir vaziyatda qolgan Lufthansa aviakompaniyasiga yordam berishga qaror qilgandi

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top