23:22 / 26.05.2020
36682
Samarqandda yana 6 kishida virus aniqlandi. O‘zbekistonda jami holatlar soni 3290taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 9 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2020 yil 26 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3290 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari karantin markazida, qolgan 6 nafari Samarqand viloyatida karantinga olingan fuqarolar ichida aniqlangan. 

Bugun jami 75ta yangi holat tasdiqlandi, 29 bemor tuzaldi va bir bemor vafot etdi.

Hozirda respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda 640 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top