15:31 / 26.05.2020
15645
Toshkentda Sayohat ko‘chasi bir oyga yopildi

Haydovchilardan bu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Joriy yilning 26 may kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sayohat ko‘chasi avtomobillar harakati uchun bir oy muddatga yopildi. 

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, bunga shu yerda joylashgan yer osti kommunikatsiya tizimlarini ta'mirlash va yangidan asfaltlash ishlari olib borilishi sababdir.

Haydovchilardan bu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

Top