23:43 / 26.05.2020
5554
Yaponiya o‘z koinot qo‘shinlari tashkil etilishini e'lon qildi

Yaponiya o‘z koinot qo‘shinlari tashkil etilishi va uning AQSh koinot qo‘shinlariga qo‘shilishini e'lon qildi.

Foto: envato.com

Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda Yaponiyaning koinot qo‘shinlarida bor-yo‘g‘i 20 kishi bor. Bu haqda JB Press portali xabar berdi

Kunchiqar mamlakat hukumati koinotning boshqa davlatlar tomonidan mudofaa maqsadlarida qo‘llanishi faollashgandan keyin bunday qo‘shinlarni yaratishga qaror qilgan.
 
Portalning ta'kidlashicha, Yaponiya “Katta yettilik” davlatlari ichida koinotda harbiy harakatlar borasida eng “qoloq” davlat hisoblanadi. Biroq uning koinot bilan bog‘liq ishlanmalari xalqaro miqyosda yuqori baholanadi.

“Yaponiya koinot operatsiyalari bo‘linmasini shakllantirgani evaziga nihoyat start chizig‘iga chiqdi. Yaponiyaning orqada qolishining sababi “uning konstitutsiyasida “tinch koinot” g‘oyasi mustahkamlab qo‘yilgani hisoblanadi”, deyilgan xabarda. 

Ta'kidlash o‘tib joiz, AQSh prezidenti Donald Tramp 2019 yil dekabrda AQSh koinot qo‘shinlari tashkil etilishini e'lon qilgandi.

Top