19:44 / 26.05.2020
4582
Yevroittifoq koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz berishi ehtimoliga tayyorlanmoqda

Yevropada koronavirusga chalinganlar soni 1,9 mln kishiga yetgan, 169 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Foto: REUTERS/David W Cerny

Yevroittifoq koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz berishi ehtimoliga nisbatan tayyorgarlikni kuchaytirmoqda. Bu haqda Yevrokomissiya vitse-prezidenti Marosh Shefchovich ma'lum qildi.

"Biz pandemiyaning ehtimoliy ikkinchi to‘lqiniga nisbatan tayyorgarlikni yaxshilash ustida ishlamoqdamiz", - dedi u.

Shefchovich tibbiy jihozlar zaxirasi yaratilayotgani, dori-darmonlar yetishmovchiligi yuz bermasligi borasida olib borilayotgan ishlarni misol keltirdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Yevropada koronavirusga chalinganlar soni 1,9 mln kishiga yetgan, 169 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Dunyo bo‘yicha esa ushbu kasallikni yuqtirganlar soni 5 mln 622 mingdan oshgan, 348,7 mingdan ziyod kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top