19:49 / 27.05.2020
10757
Saudiya Arabistonida otishma oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi 

Saudiya Arabistonida o‘zaro adovatda bo‘lgan ikki oilaning a'zolari otishma uyushtirdi. Otishma oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan.

Otishma Asir viloyatida yuz bergan. Uning oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan va yana 3 kishi yaralangan. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi. 

Politsiyaning aniqlashicha, barcha halok bo‘lganlar Saudiya Arabistoni fuqarolari bo‘lgan. Qurollar tortib olinib, voqea tergov qilinishi boshlangan.  

Axborot agentligining ta'kidlashicha, podshohlikda ommaviy qotilliklar juda kamyob hodisa hisoblanadi. Politsiyada otishma terrorchilik bilan bog‘lanmagan, deb hisoblanmoqda. 

Top