20:11 / 27.05.2020
35953
Uchta viloyatda IIB boshliqlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida Ichki ishlar boshqarmasi boshliqlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

Polkovnik Habibulla Sherdanaqulovich Bozorov Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Habibulla Bozorov

Tayinlovga qadar H.Bozorov IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Eldor Mahmudovich Alkarov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Eldor Alkarov

Tayinlovga qadar E.Alkarov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 

Polkovnik Ravshanjon Mehmonqo‘ziyevich Jo‘rayev Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ravshanjon Jo‘rayev

Tayinlovga qadar R.Jo‘rayev Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 

Top