00:32 / 27.05.2020
19395

Yaponiyaga Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari kirishi taqiqlandi 

Yaponiya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli 11 ta davlat fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqladi. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ma'lum qilgan.

Foto: AFP 2020 / KIM KYUNG-HOON

Ushbu taqiqlov 27 maydan boshlab amal qiladi. Yaponiyaga Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston, Afg‘oniston, Pokiston, Bangladesh, Argentina, Salvador, Gana, JAR va Gvineya fuqarolarining kirishi taqiqlanadi. Bu davlatlar Yaponiya tashqi ishlar vazirligida e'lon qilingan “taqiqlangan davlatlar va hududlar” (hammasi bo‘lib 188 ta) ro‘yxatiga qo‘shilgan. 

O‘tgan hafta Yaponiya hukumati yuqorida sanab o‘tilgan 11 davlat uchun “safarlar xavfliligi” darajasini 3-darajagacha oshirgandi. Bu, shuningdek, ushbu davlatlarga safarlardan to‘liq voz kechilishini anglatadi. Umuman olganda, xavflilik shkalasi 4 ta darajadan iborat bo‘lib, birinchisi eng yumshog‘i bo‘lib, to‘rtinchisida odamlarni evakuatsiya qilish tavsiya qilinadi.

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top