20:00 / 28.05.2020
8158
Bugun jami 26 bemor tuzaldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Andijon va Samarqandda 9 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 2700 nafarga yaqinlashgani to‘g‘risida xabar berdi.

Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 5 nafar, Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar, jami 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Andijon viloyatida tuzalganlarning barchasi Andijon shahridan bo‘lib, 2 nafari erkak, 3 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 36 yoshda bo‘lsa, yoshi kichigi 2019 yilda tug‘ilgan chaqaloq. Viloyatda ayni paytga qadar 169 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 174 nafarga yetdi. 

Samarqand viloyatida shifo topganlarning barchasi ushbu viloyatdan (Past Darg‘om, Ishtixon, Oqdaryo tumanlari va Samarqand shahridan 1 nafardan) bo‘lib, 2 nafari erkak, 2 nafar ayol. Ular orasida yoshi kattasi 46 yoshda, yoshi kichiga 36 yoshda. Viloyatda ayni paytga qadar 254 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 258 nafarni tashkil etmoqda.

Bugun hozircha 74ta yangi zararlanish holati qayd etildi va jami holatlar soni 3437taga yetgan.

Bundan avvalroq Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida jami 17 bemor tuzalgani haqida ma'lumot berilgandi.

Shunday qilib, bugun jami 26 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2694 nafarga yetdi. Ayni vaqtda shifoxonalarda 729 bemor davolanmoqda. Ulardan 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, 3 nafari esa og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top