19:00 / 28.05.2020
4069
KAFIL SUG‘URTA: Tabiiy ofat natijasida aholiga yetkazilgan zararlar qoplab berilmoqda

Bu yil Buxoro, Navoiy va boshqa bir necha viloyatlarda bo‘ron, sel kabi turli tabiiy ofatlar yuz berdi. Natijada aholi va tadbirkorlar mol-mulkiga jiddiy zarar yetdi.

Savol: Yetkazilgan zarar qanday qoplanadi?   

Javobi esa oddiy – Sug‘urta.                              

Bunday holatlarda mol-mulkni sug‘urtalash juda muhimligi o‘z isbotini topdi. Mulklari sug‘urtalangan shaxslarning ko‘rgan zararlari qoplab berildi.

KAFIL SUG‘URTA kompaniyasi ham tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan mijozlariga sug‘urta zararlarini to‘lab bermoqda.

Kompaniya mijozlariga tabiiy ofatlar bo‘yicha jami 250 ta holatda zarar yetganligi qayd qilindi. Yetkazilgan zarar summasi bir necha yuz million so‘mni tashkil qildi.            

Qizig‘i shundaki, aholi mol-mulkini sug‘urtalash judayam arzon bo‘lib, 1 yil muddatga sug‘urtalash mulk qiymatining bor yo‘g‘i 0,1 foizini tashkil etadi va kompaniya tomonidan buni aholi uyiga yetkazib berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Hayot kutilmagan vaziyatlarga boy. Mol-mulklaringizni ishonchli kompaniyada sug‘urtalashni unutmang.             

KAFIL SUG‘URTA – har ehtimolga qarshi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun:

Rasmiy sayt: www.kafil.uz

Telegrammdagi rasmiy kanal: t.me/kafiluz

Murojaat uchun: +99871 2000414 (24 soat)

Reklama huquqi asosida

Top