01:22 / 28.05.2020
11509

“Na vaksina, na dori bor”: Merkel Germaniya hamon pandemiyaning boshida ekanini aytdi

Germaniya hukumati koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni nazorat ostiga olgan bo‘lsa-da, mamlakat hamon pandemiyaning boshida turibdi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel federal yerlar bosh vazirlari ishtirokidagi videoanjuman yakunlariga ko‘ra aytgan.  

Foto: REUTERS

“Biz hamon pandemiya boshida yashamoqdamiz. Bizda vaksina ham, dori ham yo‘q”, deb aytgan Merkel.

“Federal yerlar vaziyat ortidan sinchkovlik bilan kuzatmoqdalar. Federal hukumat va federal yerlar inqiroz vaqtida hamjihatlikda ishlagani inqirozga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishilishida yordam berdi”, deb qo‘shimcha qilgan Germaniya kansleri. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniyada koronavirusga chalinganlar soni 179 mingdan oshib ketgan, undan vafot etganlar soni 8349 nafarga yetgan. Shu bilan birga, 162 mingdan ko‘proq germaniyalik koronavirusdan sog‘ayib ketgan.

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top