10:03 / 28.05.2020
38072
Toshkent shahrida aholi orasidan yana 7 kishida koronavirus aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 27 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2020 yil 28 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3396 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Shuningdek, Toshkent shahrida 7 nafar aholi orasida, Samarqand viloyatida 1 nafar aholi orasida, Toshkent viloyatida esa 1 nafar aholi orasida, 2 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan», deyiladi xabarda.

27 may kuni jami 79ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 32 kishi kasallikdan sog‘aydi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2668 nafarga yetdi.
 
Hozirda respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda 714 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, 3 nafari esa og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top