23:16 / 28.05.2020
31755
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3444taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 7 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 28 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3444 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari Samarqand viloyatida aholi orasidan aniqlangan. Shuningdek, shu yilning 26 mayida Qozog‘istondan Toshkent viloyatidagi chegara posti orqali kirib kelgan 4 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida tasdiqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun jami 75ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 26 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2694 nafarga yetdi.

Hozirda shifoxonalarda jami 736 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 5 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top