20:49 / 28.05.2020
10390
Ukrainaning eng boy 100 odami ma'lum qilindi  

“Forbes Ukraina” nashri 2016 yildan beri ilk bor Ukrainaning eng boy 100 odami reytingini taqdim qildi. Unda 1-o‘rinni tadbirkor Rinat Axmetov egallagan.

Axmetovning boyligi 2,8 mlrd dollarga baholangan. Reyting tuzuvchilarining ta'kidlashicha, biznesmenning boyligi 2013 yilga nisbatan deyarli 6 marta kamayib ketgan. 

2-o‘rinni “Interpayp” guruhi egasi Viktor Pinchuk 1,4 mlrd dollarlik boylik bilan egallagan. Yetakchi uchlikni Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko egallagan. Uning boyligi ham 1,4 mlrd dollarga baholangan. 

Ta'kidlash joiz, Poroshenko Ukrainaning milliarderlari qatoriga 5 yillik tanaffusdan keyin yana qaytdi. 2014 yilda Forbes’ning Ukrainadagi versiyasi uni 1,3 mlrd dollar boylik bilan 6-o‘ringa qo‘ygandi. 2015 yilda nashrning AQShdagi versiyasi Poroshenkoning boyligini 750 mln dollarga baholab, dollardagi milliarder deb hisoblamay qo‘ygan. 

“Forbes Ukraina”ning yangi reytingida boyligi milliard dollar va undan ko‘p bo‘lgan 8 kishi joy olgan. Dollardagi milliarderlar orasida oxirgi o‘rinni “Privatbank”ning sobiq aksiyadori Igor Kolomoyskiy 1 mlrd dollar boylik bilan egallagan. 

Ro‘yxatning oxirgi o‘rnidan “Tavriya V” supermarketlari tarmog‘i egalaridan biri Boris Muzalev 95 mln dollar bilan egallagan.

Top