08:23 / 28.05.2020
26190
Uzbekistan Airways vertolyotlar va aviatsiya dvigatellarini sotuvga chiqardi

Uzbekistan Airways AJ aviakompaniyasi MI-8MTV-1 (2 dona) vertolyotlari, TV3-117 VM (8 dona) va AI-9V (3 dona) aviatsiya dvigatellarini sotuvga qo‘ydi.

Foto: aircraft24.de

 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabariga ko‘ra, aviakompaniya ushbu vertolyotlar va aviatsiya dvigatellarining bozor qiymati to‘g‘risidagi hisobotlarning ishonchliligini baholadi hamda ekspertiza o‘tkazdi.

Uzbekistan Airways AJ samolyotlar parkini yanada birlashtirish va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida ekspluatatsiya qilish uchun quyidagi samolyot uskunalarini taklif etmoqda:

«Mi-8MTV-1» vertolyotlari:

1991 yili ishlab chiqarilgan, narxi 1 224 904 AQSh doll.;
1992 yili ishlab chiqarilgan, narxi 1 274 265 AQSh doll.

«TV3-117 VM» aviatsiya dvigatellari:

1991 yili ishlab chiqarilgan, narxi 71 996,28 AQSh doll;
1992 yili ishlab chiqarilgan, narxi 78 062,95 AQSh doll;
1991 yili ishlab chiqarilgan, narxi 79 290,42 AQSh doll;
1991 yili ishlab chiqarilgan, narxi 75 349,09 AQSh doll;
1990 yili ishlab chiqarilgan, narxi 82 968,00 AQSh doll;
1991 yili ishlab chiqarilgan, narxi 73 179,61 AQSh doll;
1991 yili ishlab chiqarilgan, narxi 58 750,35 AQSh doll;
1990 yili ishlab chiqarilgan, narxi 60 348,29 AQSh doll.

«VSU AI-9V» aviatsiya dvigatellari:

2003 yili ishlab chiqarilgan, narxi 7 369,31 AQSh doll;
1996 yili ishlab chiqarilgan, narxi 7 422,04 AQSh doll;
1990 yili ishlab chiqarilgan, narxi 4 588,24 AQSh doll.

Top