23:53 / 28.05.2020
7917

Yaponiya valiahd shahzodasi shifokorlar uchun himoya kostyumlari tikdi

Yaponiya valiahd shahzodasi Fumixito va uning oilasi a'zolari koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashayotgan tibbiy xodimlarga himoya kiyimlari tikdi. 

Foto: asahi.com

Shahzoda shu tariqa tibbiy xodimlarga o‘z yordam qo‘lini cho‘zishga harakat qilgan. Bu haqda Asahi nashri xabar berdi

Himoya kiyimlarini tikishda imperator saroyi boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etgan. 

Foto: asahi.com

Shahzoda Yaponiya shifoxonalarida himoya kiyimlari taqchilligi ma'lum bo‘lgandan keyin ularni tikishga bel bog‘lagan.

Foto: asahi.com

Kiyimlarga koronavirusga qarshi kurashayotgan barcha tibbiy xodimlarga minnatdorlik so‘zlari bildirilgan yozuvlar biriktirilgan bo‘lgan.

Foto: asahi.com

54 yoshli Fumixito 2019 yil aprelda o‘z xohishiga ko‘ra taxtdan ketgan imperator Akixitoning kenja o‘g‘li va hozirda hukmronlik qilayotgan imperator Naruxitoning ukasi hisoblanadi. 

Mavzuga oid
Top