23:49 / 29.05.2020
14224

Koronavirusdan vaksinani tatbiq qilishda shoshqaloqlik qilishning xavfi ma'lum qilindi

Hozirda butun dunyo bo‘ylab o‘nlab tadqiqot laboratoriyalari tomonidan ishlab chiqilayotgan koronavirusdan vaksinani ommaviy tatbiq qilishda shoshqaloqlik qilish yaramasligi, chunki ikkilamchi ta'sirlar xavfi yuqoriligi ma'lum qilindi.  

Foto: envato.com

Bunday fikrni isroillik immunolog, professor Yakov Berkun bildirdi. 

Mutaxassisning ta'kidlashicha, zamonaviy texnologiyalar vaksinalarni ishlab chiqish, ularning samarali va xavfsiz ekanini tekshirishga talab qilinadigan vaqtni ancha kamaytirish imkonini beradi. Agar avval vaksinalar o‘nlab yillar davomida ishlab chiqilib, tekshirilgan bo‘lsa, hozirda bunga oylar va sanoqli yillargina ketadi. 

“2000-yillardagi SARS epidemiyasi vaqtida vaksina tez topilib, tez ishlab chiqilgan, uni tekshirish esa 5 yil davom etgan. Hozirda texnologiyalar muddatlarni qisqartirishga imkon beradi, biroq qaysi vaksina samarali ekanini tushunish uchun vaqt kerak”, deb aytgan Berkun.

U vaksina tatbiq qilinishi nomaqbul oqibatlarga olib kelishiga misol tariqasida Isroilda 10 yil oldin rotavirusdan emlash bilan bog‘liq voqeani eslab o‘tgan. O‘shanda og‘ir gastroenterit chaqiruvchi virusga qarshi ommaviy ravishda emlash boshlanganda, shifokorlar uning og‘ir oqibatlariga duch kelishgan.

“Isroilda qo‘llanishi boshlangan ilk vositalardan biri minglab odamlarga ommaviy tarzda berila boshlaganda, ichak invaginatsiyasini (ichak berkilib qolishining turlaridan biri) keltirib chiqarishini ko‘rishgan. Tadqiqotlar tugab, vosita odamlarga berila boshlangan, so‘ngra esa uni ishlab chiqarishdan olishga to‘g‘ri kelgan. Hozir ham barcha shoshmoqda, biroq keyin nima bo‘lishini bilish juda muhimdir”, deb ogohlantirgan mutaxassis.

Bu orada Gretsiyada koronavirusga qarshi sildan vaksina BsJni qo‘llash rejalashtirilmoqda. Aniqlanishicha, ushbu vaksinani olgan odamlarda respirator infeksiyalar rivojlanishi xavfi 5 marta kamroq bo‘lar ekan. Mutaxassislarning fikricha, ushbu chora koronavirusga chalinish xavfi guruhiga kiruvchi odamlarni himoyalashga imkon beradi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top