18:46 / 29.05.2020
9268
Lukashenko koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan qo‘rqmaslik kerakligini aytdi

"Agarda kasallikka chalinib, tuzalgan bo‘lsak, ikkinchi to‘lqindan cho‘chishimizga hojat yo‘q", - dedi Lukashenko.

Foto: EPA/Vostock-photo

Aksariyat belaruslar koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqinigacha immunitetga ega bo‘ladi, deb hisoblaydi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.

Lukashenko hozirda butun dunyoda koronavirusning ikkinchi to‘lqini to‘g‘risida, uning kuzda avj olishi haqida gapirayotganini eslab o‘tdi.  Ammo uning fikricha, "bu vaqtga kelib Belarusda ko‘pchilik ushbu infeksiyaga chalinib o‘tgan bo‘ladi va immunitet ishlab chiqaradi".

"Agarda kasallikka chalinib, tuzalgan bo‘lsak, ikkinchi to‘lqindan cho‘chishimizga hojat yo‘q", - dedi Lukashenko.

U shu bilan birga, pandemiya mamlakat sog‘liqni saqlash tizimidagi qator kamchiliklarni ko‘rsatib berganini aytdi. 

"Hammasi tugagach, bu haqda gaplashamiz. Ammo bu kamchiliklarni ko‘rib turibmiz, kerakli choralarni ko‘ramiz", - dedi Lukashenko.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Belarusda 40 764 kishida koronavirus aniqlangan, 224 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top