23:03 / 29.05.2020
23357
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3500ga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 20 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 29 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3488 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasidan aniqlangan. Shuningdek, shu yilning 25 mayida Rossiya, 26 mayda esa Qozog‘istondan Qo‘ng‘irot tumanidagi chegara posti orqali mamlakatimiz xududiga kirib kelgan 2 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida tasdiqlangan. Koronavirus infeksiyasi qayd etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan bugungi yana 14 holat shu yilning 25 mayida Yekaterinburg-Toshkent yo‘nalishidagi charter reys bilan yurtimizdagi karantin markaziga olib kelingan fuqarolar orasida aniqlandi», deyiladi xabarda.

Bugun jami 44ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 34 bemor tuzaldi.

Hozirda shifoxonalarda 746 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 6 nafari og‘ir ahvolda, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top