22:09 / 29.05.2020
166277
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov olamdan o‘tdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dublyaj ustasi, taniqli aktyor Hoshim Arslonov 64 yoshida olamdan o‘tdi. Bu ma'lumotni marhumning yaqinlari Kun.uz muxbiriga tasdiqladi.

Foto: O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi

Ma'lum bo‘lishicha, aktyorning vafotiga saraton xastaligi sabab bo‘lgan.

Hoshim Arslonov 1956 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, 1977 yilda Toshkent teatr institutini tamomlagan. 1977 yildan 2017 yilgacha O‘zbekiston Davlat drama teatrida faoliyat yuritgan.

Kinoixlosmandlarga «Marg‘iyona» (1996), «Otamdan qolgan dalalar» (1997), «Alpomish» (2000), «Xo‘ja Nasriddin: O‘yin boshlandi» (2006), «Chavandoz» (2007), «Qasos» (2011) kabi filmlardagi rollari, shuningdek, dublyajdagi ishlari tufayli mashhur bo‘lgan.

Italiyaning Iskya shahrida xalqaro kinofestivalda «Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon» filmidagi roli uchun g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va sovrindor bo‘lgan.

Uning kinodagi so‘nggi ishi 2019 yilda suratga olingan «101-reys» filmi bo‘lib qoldi.

Foto: My Day

Kun.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Top