20:03 / 29.05.2020
38140
Prezident Sergelida barpo etilgan 16 qavatli uyni borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida barpo etilgan 16 qavatli uyni borib ko‘rdi. 

Tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turgan bu imorat zamonaviy standartlar asosida zilzilaga bardoshli qilib qurildi. Devorlarida energiya tejovchi materiallardan foydalanilgan. Internet tarmog‘i, videokuzatuv va yong‘in xavfsizligi uskunalari bilan jihozlandi. Uy 2-3 xonali 80 ta xonadondan iborat bo‘lib, kam ta'minlangan va muhtoj oilalarga topshirilgan.

Davlat rahbari shu uydagi Sharofiddin va Shahnoza Jo‘raboyevlar xonadonida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi.

Bu oila 14 yildan beri ijarada yashab kelayotgan edi.

Oxirgi uch yilda Sergeli tumanida jami 19 ming 522 xonadonli 460ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. 26ta namunaviy tipdagi mahalla guzarlari bunyod etildi.

Bolalar bog‘chalari, maktablar, poliklinika va boshqa obektlar qurib, aholiga munosib sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Top