13:00 / 29.05.2020
13437
Qanday qilib maishiy texnikalar yordamida virus va bakteriyalardan himoyalanish mumkin?
Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi uyingizda sog‘lom mikroiqlimni yaratuvchi, kiyimlar va turli xildagi sirtqi buyumlardan barcha bakteriya va allergenlarni 99,9 foizgacha bartaraf etuvchi maishiy texnikalarini taqdim etadi.

Samsung uy texnikalari sizga nafaqat uy ishlarini tez va samaraliroq bajarishga yordam beradi, balki o‘z egasining salomatligi haqida ham qayg‘uradi. Keng imkoniyatlarga ega zamonaviy texnikalar uyingizda sog‘lom tozalikni ta'minlagan holda, 99,9 foizgacha bakteriyalar, viruslar va allergenlarni bartaraf etadi. 

Kiyimlarni tozalovchi Airdresser bug‘ javoni

«Aqlli» javon kiyimlarni har tomonlama tozalashga, zararsizlantirishga mo‘ljallangan. Kimyoviy tozalashning o‘rnini bosuvchi ushbu javon kiyimlardagi changlarni yo‘q qilish, yoqimsiz hidlarni bartaraf etish, burmalarni silliqlash hamda dezinfeksiya qilishga yordam beradi. Jet Steam texnologiyasi kiyimlarning to‘qimasigacha chuqur singuvchi bug‘ yordamida gigiyenik ishlov berishga imkon beradi va 99,9 foizgacha virus hamda bakteriyalarni, 100 foizgacha uy changi kanalarini, 99 foiz hidlarni va 99 foiz boshqa zararli moddalarni yo‘q qiladi.

SteamWash funksiyasiga ega kir yuvish mashinasi

Standart imkoniyatlaridan tashqari ushbu uskuna kiyimlarni bug‘ yordamida yanada chuqurroq gigiyenik tozalash imkonini beradi. Funksiya ishga tushirilganda kir yuvish mashinasining pastki qismidan kuchli bug‘ oqimi chiqib, barabandagi har bir kiyimni bug‘laydi. Gigiyenik toza bug‘ kiyim matolaridagi 99,9 foizdan ziyod bakteriyalar va nofaol allergenlarni yo‘q qiladi. Bug‘ yordamida ishlov berish choyshablarni yoki bolalar kiyimlarini teri uchun xavfli bo‘lgan kimyoviy vositalarni qo‘llamagan holda zararsizlantirishga imkon beradi.

Anti-Tangle changyutgichi

Uydagi havoning tozaligi changyutgichingizdagi filtrning sifatiga bevosita bog‘liqdir. Anti-Tangle kuchli changyutgichi uyingizni tartibga keltiradi hamda chang, bakteriya va viruslardan yanada sifatli tozalanishiga yordam beradi. Ushbu uskuna HEPA yupqa havo tozalovchi filtr bilan jihozlangan. Zamonaviy HEPA filtrlari xonadagi havoni hatto chang, bakteriyalar, allergenlar va boshqa xavfli chiqindilarning mikroskopik zarralaridan ham tozalashga imkon beradi. Filtrni tozalash va yuvish juda ham oson.

BIOkeramik qoplamaga ega mikroto‘lqinli pech

Samsung kompaniyasining barcha zamonaviy mikroto‘lqinli pechlarida biokeramik qoplamalar qo‘llanilgan. Bu ekologik toza material 99,9% gacha mikrob va bakteriyalar ko‘payishining oldini olish uchun kafolatlangan. Biokeramik emal kir va yog‘li dog‘larda osongina tozalanadi, bu esa pech ichidagi tozalikni saqlashda sezilarli darajada osonlashtiradi.

Samsung maishiy texnikalarining xususiyatlari bilan kompaniyaning veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlar orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @SamsungUzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Sayt: www.samsung.uz

Reklama huquqi asosida

Top