08:18 / 29.05.2020
15533
TIV o‘zbekistonliklarni Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tishda turli shaxslarga murojaat qilmaslikka chaqirdi

Odatdagi tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan nazorat-o‘tkazish punktida hozirda Olmaotadagi Bosh konsulxonaning xodimi ishlayotgani hamda fuqarolarga zarur konsullik-huquqiy va boshqa turdagi yordam ko‘rsatayotgani aytildi.

Qozog‘istonning qator hududlarida karantin rejimining yengillashtirilganligi munosabati bilan fuqarolar O‘zbekiston hududiga o‘tish maqsadida «Jibek Joli» – «G‘isht Ko‘prik» nazorat-o‘tkazish punktiga kelishmoqda.

TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi chegara va sanitar-epidemiologik xizmatlarining hamkorlikdagi faoliyati natijasida o‘zbekistonliklar mamlakat hududiga karantin choralariga amal qilgan holda o‘tkazilmoqda.

Bosh konsulxona «Jibek Joli» nazorat-o‘tkazish punktiga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ma'lum to‘lov evaziga davlatlararo chegarani kesib o‘tishda ko‘maklashishni taklif qiluvchi turli shaxslarga murojaat qilmaslikka yana bir bor chaqirgan.

Odatdagi tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan «Jibek Joli» – «G‘ishtko‘prik» nazorat-o‘tkazish punktida hozirda Olmaotadagi Bosh konsulxonaning xodimi ishlayotgani hamda fuqarolarga zarur konsullik-huquqiy va boshqa turdagi yordam ko‘rsatayotgani aytiladi.

Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o‘tilgan: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16.

Top