08:55 / 31.05.2020
15969
Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni olti milliondan oshdi

Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda  - 1 770 160 kishi, mamlakatda 103,7 mingdan ortiq o‘lim holatlari qayd etilgan.

Foto: TASS

Dunyo bo‘yicha yangi turdagi koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar soni olti milliondan oshdi, 367 mingdan ziyod kishi vafot etdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma'lum qildi.

Universitetning ma'lumot berishicha, 31 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 8:30da dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 6 059 017 nafarga yetgan, 369 126 nafar kishi vafot etgan.

Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda  - 1 770 160 kishi, mamlakatda 103,7 mingdan ortiq o‘lim holatlari qayd etilgan.

Keyingi o‘rinda Braziliya joylashgan - 498 440 holat. Bu yerda 28,9 mingga yaqin kishi vafot etgan.

Rossiya 396 575 holat bilan uchinchi o‘rinda. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni 4555 nafarga yetgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top