01:28 / 31.05.2020
1904
"Formula-1" chempionati iyulda boshlanishi mumkin

22ta Gran-pridan tashkil topgan mavsum 15 mart kuni Melburnda boshlanishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli Avstraliya, Niderlandiya, Monako va Fransiyadagi bosqichlar hamda Bahrayn, Xitoy, Vetnam, Ispaniya, Ozarboyjon va Kanadadagi poygalar bekor qilindi. 

Foto: AFP/Scanpix/LETA

Koronavirus sababli qoldirilgan "Formula-1" sinfidagi jahon chempionati Avstriyadagi ikkita Gran-pri bilan boshlanishi mumkin. Xabar qilinishicha, Shpilbergdagi Red Bull Ring trassasida 5 va 12 iyul kunlari o‘tkaziladigan avtopoygalar tomoshabinlarsiz bo‘lib o‘tadi.

"Formula-1" poygachilari va  jamoalar a'zolari Avstriyaga kirishdan oldin koronavirusga test topshiradi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, poyga kunlari jamoalar alohida mehmonxonalarga joylashtiriladi.

22ta Gran-pridan tashkil topgan mavsum 15 mart kuni Melburnda boshlanishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli Avstraliya, Niderlandiya, Monako va Fransiyadagi bosqichlar hamda Bahrayn, Xitoy, Vetnam, Ispaniya, Ozarboyjon va Kanadadagi poygalar bekor qilindi. 

Avvalroq Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) “Formula-1” avtopoygasining yangi mavsumini 5 iyulda Avstriyada boshlanishi variantini ma'qullagandi

Top