23:51 / 31.05.2020
93007
Koronavirus. Ikki hududda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi, yana ikki hududda karantindagilardan virus chiqdi

31 may kuni O‘zbekistonda jami 77ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 54 bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha 2837 kishi sog‘aygan, ayni vaqtda shifoxonalarda 771 bemor davolanmoqda.

Bugun yangi holatlar to‘rt hududda - Toshkent shahri, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida aniqlandi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayevning telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvalini keltirdi.

77ta yangi kasallanish holatining 4tasi aholi orasida qayd etilgan.

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida aholi orasida koronavirusga chalingan bemor bilan aloqada bo‘lgan uch kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi. Shuningdek, viloyatda karantinga olinganlar orasida yana bir kishida va xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi bo‘lgan bir kishida virus aniqlangan.

Endilikda Buxoroda ayni vaqtda davolanayotgan bemorlar soni 12 nafarga yetdi (+5). Avvalroq ushbu hududda 442 bemor sog‘ayib chiqib, viloyat koronavirusdan butunlay xoli hududga aylangandi. 

Shuningdek, Toshkent shahrida aholi orasida bitta holat qayd etilgan. Poytaxtda karantin markazida 31 kishida virus aniqlangan.

Endilikda Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida davolanayotganlar soni 519 nafarga yetdi (+32). Toshkentda shu vaqtgacha jami 1636ta holat qayd etilgan, 1110 bemor tuzalib chiqqan, 7 kishi vafot etgan.

Samarqand viloyatida bugun karantindagilar orasida 2 kishida virus aniqlandi.

Viloyatdagi davolanayotganlar soni 79 nafarga yetdi (+2). Shu vaqtgacha jami 362ta holat qayd etilgan, shundan 281 kishi tuzalib, 2 kishi vafot etgan.

Navoiy viloyatida karantindagilar orasida 38ta holat qayd etildi.

Viloyatda davolanayotganlar soni 145 nafarni tashkil qilmoqda. Shu vaqtgacha jami 157 holat qayd etilgan, 12 kishi davolangan. Viloyat davolanish ko‘rsatkichi bo‘yicha respublikada eng oxirgi o‘rinda (8 foiz).

Bugun Samarqandda 7, Toshkentda 47 bemor tuzaldi.

Ayni vaqtda respublikaning 7 hududidagi tibbiyot muassasalarida jami 771 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu kungacha jami 416 118 nafar fuqaro karantinga olinib, ularning 369 113 nafari karantindan chiqarilgan. 

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 25 862 nafar, statsionar karantinda esa  21 143 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top