17:04 / 31.05.2020
21511
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3600ga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 29 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 31 may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3583 nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 28 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqaroda aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun hozircha 37ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 54 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2837 nafarni tashkil qilmoqda.

Shifoxonalarda 739 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 9 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top